Andijonda «profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazilmoqda

632 Yangiliklar

      Bugungi kunda yurtimizda  tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish davr talabi  bo‘lib, sohani  xalqaro  standartlar darajasiga  olib chiqish, aholiga  ko‘rsatilayotgan  tibbiy xizmatlar sifatini  yuqori bosqichga  ko‘tarish, sohada  yangilik  va  innovatsion texnologiyalarga keng yo‘l ochishga katta  ahamiyat berilmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning  jamiyatning ustuvor sohasiga bo‘lgan e’tibori va talabi ham g‘oyat yuqoridir. Bugungi kunda tibbiyotni rivojlantirish,  xususan, uning asosi hisoblangan profilaktik tibbiyotga asosiy e’tibor  qaratish borasidagi ko‘rsatmalari  muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

     2018-yil 8-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga»  mavzusidagi  respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Anjumanning  plenar kengash yig‘ilishi Z.M.Bobur nomili viloyat musiqali drama teatri binosida bo‘lib o‘tdi.

      Mazkur nufuzli anjumanga Rossiya, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston  davlatlaridan mehmonlar tashrif buyurdilar.

      Konferensiyani Andijon davlat tibbiyot instituti rektori    M.Madazimov  kirish so‘zi bilan ochib, barcha  ishtirokchilarni qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimining o‘rinbosari S.Ismoilov  so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasidagi yangiliklar,  o‘zgarishlar, xususan, xorijiy olimlar va tajribali mutaxassislarning viloyatimizga tashrifi, tajriba almashinuvi, ular ishtirokidagi anjumanlar, uchrashuvlar, mahorat darslari malakali tibbiy yordamning yuksalishida katta ahamiyatga ega bo‘layotganligini ta’kidladi.

Konferensiyaning barcha qatnashchilariga viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning samimiy tabrigini yetkazib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

     Shuningdek,  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori H.Oqilov o‘zining ezgu tilaklarini bildirib,  O‘zbekiston  Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri  A.Shodmonovning tabrigini o‘qib eshittirdi.

     Ushbu anjumanning ochilish marosimi  o‘zaro do‘stona, o‘zgacha  samimiy va bayramona  ruhda tashkil etildi. Ayniqsa, Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan 30 nafar delegatsiya a’zolari o‘zlarining ezgu  tilaklari bilan  konferensiya ishiga alohida ko‘tarinkilik baxsh etdi.

    Xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi konferensiyaning ochilishida Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh davlat universiteti, meditsina fakulteti dekani, dotsent A.Ismailov, O‘sh klinik shifoxonasi bosh vrachi, professor Sh.Sulaymonovlar  mazkur nufuzli anjumandagi ishtirokidan mamnun  ekanliklarini aytdilar.

Qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining  azaliy do‘st, qadrdon ekanligini, bugungi kunda har ikki davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar, ayniqsa, tibbiyot sohasida Andijon davlat tibbiyot instituti bilan xalqaro aloqalarning yanada yuksalib borayotganligini quvonch bilan alohida ta’kidladilar. Institut rektori M.Madazimov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari S. Ismoilovlarga  esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar.

      Shundan so‘ng, akademik R.Akchurin “30 yilgi tajribadan kelib chiqib yurak ishemik kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash”, germaniyalik professor Salman Turial “Kichik invaziv jarrohlik”, rossiyalik professor A.Popov “Genital prolapsni jarrohlik yo‘li bilan davolash”, ukrainalik mutaxassis G.Solovyova “Jigar noalkogol yog‘li kasalliklarini davolash va profilaktikasi mavzularida  ma’ruza qildilar. Shuningdek, boshqa xorijiy olimlar va respublikamiz tibbiyot markazlaridan kelgan soha mutaxassislari, ADTI professorlari  ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

      A.Kozlov, professor:– Men Andijonga bir necha bor kelganman. Andijon davlat tibbiyot instituti bilan Rossiyaning nufuzli oliygohlari, tibbiyot markazlari  bilan  ta’lim sohasida, mahorat  darslarini o‘tkazish bo‘yicha yaxshi hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. So‘nggi yillarda andijonlik va rossiyalik mutaxassislar hamda talabalar almashinuvi yildan yilga o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda.

    Andijonga shu yilning fevral oyida kelgandim. Bu safar kelganimda ham bu yerdagi o‘zgarishlarni ko‘rib quvondim. Ko‘chalar ozoda, chiroyli, o‘zgarishlar juda katta.           

   Kunning ikkinchi yarmida Ichki kasalliklar, jarrohlik, bolalar kasalliklari, travmatologiya, neyroxirurgiya va ortopedik kasalliklar bo‘yicha seksiyalarda turli   dolzarb mavzularda  ma’ruzalar  va mahorat darslari o‘tkazildi. Konferensiya o‘z ishini ertaga davom ettiradi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida mahorat darslari[:ru]Мастер-класс в Андижанском государственном медицинском институте[:en]MASTERY CLASSES IN ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE

2018-11-10
241
Ilmiy kengash yig‘ilishi[:ru]ЗАСЕДЕНИЕ УЧЕНОГО СОВЕТА[:en] SCIENTIFIC COUNCIL MEETING

2018-11-08
238
TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI[:ru]ИЗУЧЕНЫ УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ[:en]Success and problems in the military training of students

2018-11-09
212
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
192
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
185
E’lon!

2018-11-08
145
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
141
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OCHIQ AMALIY MASHG'ULOT O'TKAZILDI

2018-11-09
136
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
128
Yangi innovatsion texnologiyalar asosida konferensiya

2018-11-08
122