Doktorlik unvoni muborak bo‘lsin

Bosma uchun

 O‘ziga xos nufuz va salohiyatga ega bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi doktorlari safiga yana bir fan doktori qo‘shildi. Mustaqilligimizning 26 yillik shodiyonalari arafasida ADTI  fakultet terapiya  kafedrasi dotsenti Nelli Uzbekova “Neyrogumoralnie mexanizmi patogeneza metabolicheskogo sindroma i puti terapevticheskoy korreksii “ mavzusidagi doktorlik ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

– 2012- yildan buyon doktorlik ilmiy ishim ustida tinimsiz izlanishlar olib bordim. Bu borada  menga ilmiy rahbarim, professor Mamazoir Xo‘jamberdiev katta yordam berdi. Nihoyat mehnatlarim samarasi ko‘rinib, joriy yilning 17- iyul kuni doktorlik ilmiy ishini himoya qildim. 29- avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida fan doktori diplomini olishga muvaffaq bo‘ldim. Qo‘shaloq bayramlar  menga yanada  quvonchli va zafarli onlarni hadya etdi. Judayam  baxtliman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman,- dedi N.Uzbekova.

Shu o‘rinda biz ham Nelli Uzbekovani doktorlik ishi himoyasi bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Leave a Reply