Bosh sahifa -> Gospital pediatriya kafedrasida ochiq integral ma’ruza

Gospital pediatriya kafedrasida ochiq integral ma’ruza

Yangiliklar Comments: 5

Bosma uchun
2018-yil 13-fevral  kuni Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti gospital pediatriya kafedrasida dotsent M.Ganieva va “Sandoz” kompaniyasi koordinatori D. Alimova  tomonidan “Bolalarda o’tkir bronx- o’pka kasalliklari muammosi” mavzusida ochiq integral  ma’ruza o’tkazildi.  Ochiq ma’ruzada barcha kafedra xodimlari, pediatriya fakulteti 6-bosqich 609-613 guruh pediatriya fakulteti  talabalari,dekan muovini SH.Bozorov va bolalar jarrohligi kafedrasi  mudiri, dotsent A. Gafurov, kafedra dotsenti N.Akbarov, assistent U.Mamajonovlar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar bolalarda o’tkir bronx-o’pka kasalliklari sabablari, patogenetik mexanizmlari, kasallikning klinik bosqichlari, hozirgi kunda bu xastaliklarni tashxislash va davolashdagi muammolari haqida batafsil aytib o’tdilar. Ma’ruza so’nggida mavzuga oid videorolik, shifoxona pulmonologiya bo’limining  bemorlari namuna sifatida ko’rsatib o’tildi.