Yangiliklar

HINDISTONLIK MUTAXASSISLAR BOBUR YURTI ANDIJONDA O‘Z TAJRIBALARINI O‘RTOQLASHMOQDA!

0 views News Comments: 5

Bosma uchun

HINDISTONLIK  MUTAXASSISLAR  BOBUR YURTI  ANDIJONDA O‘Z TAJRIBALARINI O‘RTOQLASHMOQDA!

 

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning  sohaga doir qarorlari asosida tez tibbiy yordam va aholi salomatligini saqlash, aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida chet ellik mutaxassislarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  

2017-yil 5-iyul kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialiga hindistonlik mutaxassislar tashrifi uyushtirildi. Filialda mehmonlar non, tuz va esdalik sovg‘alari bilan kutib olindi.

      Ushbu tashrif munosabati bilan RSHTYOIM AF majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etildi.  Anjumanni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Mamadaliev ochib,  mehmonlar va  tajribali shifokorlarga tashrifdan ko‘zlangan maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti  rektori M.Madazimov so‘z olib, hind va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi azaliy hamkorlik, milliy va madaniy rishtalar  mustahkam bog‘langanligi haqida gapirib, “Bobur yurti Andijonga xush kelibsizlar, Sizlar bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz” – dedi.

        BLK klinikasining dunyo miqyosidagi o‘ziga xos o‘rni, bu yerdagi yuksak tajribaga ega mutaxasssislar tajribasi  to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi. Klinika mutaxassislari so‘z olib, o‘z tajribalari, tibbiyotdagi ilg‘or texnologiyalar, davolashdagi muvaffaqiyat va yutuqlarni tilga olib o‘tdilar. Maqsad esa, bitta, inson salomatligiga erishish. Shundan so‘ng, ikki  tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu kuni Hindistonning  BLK  klinikasi spinal xirurgiya markazi direktori  Punit Girdxar uchrashuvdan so‘ng, spinal xirurgiya tajribalari bo‘yicha RSHTYOIM AF mutaxassislariga va ADTI professor-o‘qituvchilariga mahorat darsi o‘tkazib, mutaxassislarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Shuningdek, boshqa mutaxassislar, urologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi konsultanti Vinit Narang, jigar transplantatsiyasi  markazi direktori va  katta konsultanti, professor Sandjay Singx Negilar bemorlarni  ko‘rikdan o‘tkazib, zarur maslahatlar, davolash va jarrohlik muolajalari uchun tavsiyalar berdilar. Shuningdek, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari uchun mahorat darslari va jarrohlik amaliyotlarini olib bordilar.