Talabalar turar joyida ma’naviyat tadbiri

Bosma uchun
Tillar, pedagogika va psixologiya  kafedrasi 2017 –  yil 8 sentabr kuni talabalar turar joyida kafedraning ma’naviyat kunini tashkil qildi. Kafedra kata  o’qituvchisi M.Qo’ziboyeva “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mavzusida ma’ruza-taqdimot qildi. Ma’ruzada mamlakatimizning mustaqillikka erishish ostonasidagi tarixiy jarayonlar, mustaqillikning e’lon qilinishi, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning yurtimiz ozodligi va obodligi uchun olib borgan odilona siyosati, iqtisodiy taraqqiyotning o’zbek modelini yaratishdagi bilimdonligi, mamlakat tinchligini saqlashdagi uzoqni ko’ra bilish qobiliyati, qo’shni davlatlar bilan olib borilgan hamkorlik masalalari haqida ma’lumotlar berildi.

 

        Shuningdek xalqimiz manfaatlarini himoya qilish borasida bugungi kunda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning olib borayotgan faoliyati, Harakatlar strategiyasining mamlakat iqtisodiy- -ijtimoiy va ma’naviy jarayonlardagi yutuqlarni ta’minlashga asos bo’layotganligi ta’kidlandi.

Yoshlarning ta’lim, fan, madaniyat va sport sohalarida erishayotgan yutuqlari mamlakatimizning yuksalishiga munosib qo’shilayotgan ulush ekanligi ta’kidlanib, yanada samarali harakat qilishga, bunyodkor g’oyalar bilan yurtimiz sharafini himoya qilishga da’vat etildi.

        Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply