Kafedralarda ochiq amaliy mashg’ulot va ochiq ma’ruzalar o’tkazildi

Bosma uchun
ADTI  yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasida 2017-yil 28-iyun kuni katta o’qituvchi  Kimyoxon Mulladjanova  tomonidan pediatriya fakultetining 609-guruh talabalari ishtirokida “OITS  va  OIV infeksiyasining klinikasi, klassifikatsiyasi, erta tashxisoti va shifokor taktikasi ” mavzusida  ochiq amaliy mashg’ulot  o’tkazildi. Amaliy mashg’ulotda yangi pedagogik  texnologiyalardan “O’zing uchun qulay joy tanla” usulidan foydalanildi. Talabalar faol qatnashdilar. Dars qiziqarli va yangiliklarga boy o’tdi.

 

28-iyun  рsixiatriya va narkologiya   kafedrasida  katta o’qituvchi N.Sarbayevaning «Psixogen kasalliklar. Nevrozlar. Reaktiv psixozlar» mavzusida ochiq   ma’ruzasi  bo‘lib o‘tdi. Unda pediatriya fakultetining 509-510-511-512-guruh talabalari ishtirok etishdi.

Ochiq   ma’ruza qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Ma’ruzada qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan  savollarga javob oldilar.

 

Leave a Reply