Kaxarov Zafar Abduraхmanovich
Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: (+998 88) 988-19-60
El. pochta: kzafar1960@mail.ru
KAFEDRA TARIXI
Ushbu kafedraning uzoq tarihi 1955 yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti tashkil topishi bilan bogʼliq. Аndijon Davlat tibbiyot instituti sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1955 yil 2 avgustidagi 6241-sonli Qarori va Oʼzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1955 yil 25 sentyabrdagi 639-sonli Qaroriga asosan tashkil qilingan va odam anatomiyasi kafedrasi ham institut bilan bir vaqtda tashkil qilinib, unga professor I.G.Mardershteyn rahbarlik qilgan. I.G.Mardeshteyn dastlabki kunlardanoq kafedra moddiy texnik bazasini yaratishga qattiq kirishdi, oʼquv jixozlari, metodik qoʼllanmalar yaratishga katta e’tibor berdi. Kafedraga mahalliy mutaxassis yoshlarni jalb qilib, kadrlarga boʼlgan extiyojni toʼldirdi va ularni ilmiy ishlarga jalb qilindi. I.G.Mardershteyn morfologiyaga falsafiy yondashib, anatomiya daholarining hayoti faoliyatiga bogʼliq boʼlgan holatga yangicha qarab, А.Vezaliy, Аbu Аli ibn Sino, N.Kopernik, N.I.Pirogov, V.N.Shevkunenkolarning hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdi. 1958-64 yillarda prof. I.G.Mardershteyn tomonidan endemik buqoqning yangi talqini ishlab chiqildi. 1959 yilda O.X.Xolmatov tomonidan «Kekirdak bifurkatsiyasi jarrohlik anatomiyasi»ga bagʼishlangan ilmiy ish yakunlanib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyinchalik, O.X.Xolmatov oʼz ilmiy ishlarini jarroh sifatida rivojlantirib, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va umrining oxirigacha fakultativ jarroxlik kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. I.G.Mardershteyn ilmiy yoʼnalishlardan birini davom ettirgan Sh.X.Xamidullin 1963 yil “Fargʼona vodiysida endemik (enzootik) buqoq”ga bagʼishlangan ilmiy yoʼnalishini nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Sh.X.Xamidullin oʼz faoliyatini ijtimoiy gigiyena kafedrasi dotsenti lavozimida davom ettirdi. 1956 yili kafedraga yosh dotsent V.А.Babaeva ishga keldi va oʼz ilmiy yoʼnalishida «Saraton kasalligi tarqalishi xususiyatlari»ga bagʼishlab, 1965 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqladi. V.А.Babaeva koʼp yillar gistologiya va embriologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelgan. 1965 yilda G.N.Xaimov oʼzining “Oyoq magistral tomirlari jarohatidan soʼng hosil boʼluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning taʼsiri” eksperimental ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Oʼz faoliyatini biologiya kafedrasida davom ettirib 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini yakunladi va umrining ohirgi damlariga qadar kafedra mudiri lavozimida ishlab, oʼzidan bir qancha iqtidorli shogirdlar qoldirdi. 1958 yilda kafedraga yosh olimlar N.N.Chukanin va N.G.Аleksandrovlar jalb qilindi va kafedraning oʼquv-uslubiy ishlari sezilarli darajada rivojlandi. N.N.Chukanin keyingi faoliyatini pediatriyaga bagʼishlab, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va pediatriya kafedrasi mudiri lavozimida ishlash bilan bir vaqtda institut ilmiy ishlari prorektori lavozimida ishlab, institut ilmiy salohiyatini oshirishga katta hissa qoʼshdi. N.G.Аleksandrov 1973 yilda doktorlik dissertatsiyasini patalogik anatomiya yoʼnalishida himoya qildi va umrining oxirigacha shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʼrsatdi. 1965 yilda kafedraning yosh ilmiy iqtidorli xodimi M.S. Soatov oʼzining «Fargʼona vodiysida homila va chaqaloqlarning qalqonsimon bezi morfologiyasi»ga bagʼishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, soʼng shu kafedra dotsenti va 1974 yildan 1984 yilga qadar odam anatomiyasi kafedrasining mudiri, institut pediatriya fakulteti dekani lavozimida ishlagan. J.I. Valiev 1962 yil kafedrada ish boshlab, 1970 yili «Qoʼl magistral tomirlari jarohatidan soʼng xosil boʼluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning ta’siri»ga bagʼishlangan eksperimental ilmiy ishini yakunlab nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. J.I. Valiev 1988 yildan 1993 yilgacha Odam anatomiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Аndijon davlat tibbiyot institutining bitiruvchilari orasida birinchi qaldirgʼoch olim I.K.Qosimxoʼjaev 1962 yili odam anatomiyasi kafedrasiga ishga taklif etildi va 1966 yilda «Odam plevrasining oldingi chegarasi anatomiyasi»ga bagʼishlangan ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli yakunlab nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Soʼng operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlash bilan birga ilmiy faoliyatini rivojlantirdi. 1983 yilda oʼzining