alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АDTI VА “SАNOАT” MFY HАMKORLIGI YANАDА MUSTАHKАMLАNDI

16:47 20.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021-yil 13-aprel kuni boʼlib oʼtgan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Аndijon viloyati hokimligi topshirigʼiga asosan Аndijon davlat tibbiyot instituti professor – oʼqituvchilari va iqtidorli, faol talaba-yoshlari Аndijon shahar “Sanoat” MFY da boʼldilar.

Mahallada jami 6471 nafar aholi boʼlib, shundan 880 nafarini yoshlar tashkil etadi. Mahallada 30 nafar nogiron yoshlar mavjud. Viloyatimizda oʼtkazilayotgan «Madaniyat oyligi» doirasida MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi, jumladan uyushmagan yoshlar uchun dastavval xalqaro olimpiada gʼoliblari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha mulyajlar yordamida amaliy tushunchalar berildi.

“Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya qilish boʼyicha aholiga tarqatma materiallar tarqatdilar.

Shundan soʼng, “Shifokorlar” talabalar teatr studiyasi jamoasi Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan “Koʼcha bolalari” spektaklini namoyish etdilar. Uchrashuvda 150 nafardan ziyod mahalla aholisi ishtirok etdi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!