alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

16:27 24.06.2020

2020 – yil 24- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida onlayn tarzda ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishini institut rektori M.Madazimov ochib, kun mavzusi – pandemiya sharoitida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv- uslubiy ishlarni izchil  davom ettirish  haqida gapirib o‘tdi.

Institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan institutda o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma’naviy marifiy yo’nalishlarda fidokorona mexnat qilayotkan. professor-o’qituvchilarni mehnatlarini ezozlash an’anasi pandemiya davrida ham amalga oshirib kelinmoqda.

Maxsus fahriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar taqdirlanganlarning ish joylariga olib borib topshirishi belgilandi.
Kengash yig‘ilishida institut rektorining buyrug‘iga asosan,  uzoq yillar  samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarni taqdirlash to‘g‘risidagi buyruqni institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S.Dehqonov o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar e’lon qilindi.  Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov  masofaviy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish,besh tashabbus asosidagi tadbirlarni tashkil etish,  bu borada 30 tan ziyod kafedra faol ishtirok etganligini ta’kidladi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Xodjimatov 2020 yil yanvar- iyun oylari davomida  amalga oshirilgan ilmiy  ishlar  xususida  taqdimot ma’ruza qildi.Ma’ruzada  ilmiy salohiyatni oshirish masalasi ko‘tarilib, unda ilmiy, innovatsion ishlar, amaliy va fundamental  grant loyihalarini yaratish, monografiyalar,o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari – amalga oshirilgan ishlar sarhisobini institut veb saytida o‘z vaqtida yoritib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Institut davolash ishi fakulteti dekani B.Mamatov kafedralarda olib borilayotgan ishlar: masofaviy ta’lim, onlayn ma’ruzalar o‘qish, yutub internet tarmog‘iga joylashtirish, kafedralarning mavjud moddiy-texnik holati  haqida axborot berdi.
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov 2020-2021 o‘quv yilida magistratura va bakalavriyat yo‘nalishlari  bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Ibn Sino hamda I.Karimov davlat stipendiyalariga nomzodlarni e’lon qildi.Ilmiy kengash a’zolari nomzodlarni  ma’qulladilar.Shundan so‘ng, kafedralarda tayyorlangan  yangi  o‘quv-uslubiy  ishlar: qo‘llanma va darsliklar, ilmiy –ommabop kitoblar haqida axborot berib o‘tdi.


Kengash yig‘ilishi yakunida institut rektori  kelgusida amalga oshiriladigan  istiqbolli ishlarni tilga olar ekan, modul tizimi, axborot texnologiyalari va chet tillarini puxta o‘rganish, ilmiy salohiyatni oshirish, tasdiqlangan ilmiy pedagogik rejalarni amalga oshirish zarurligi haqida  mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.



Kun tartibidagi masalalar kengash yig‘ilishida  atroflicha yoritilib,  mas’ullar  o‘zlariga tegishli vazifalarni oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!