alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING MUROJAATNOMASI

17:11 23.08.2020

Hurmatli abiturientlar!
Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning Andijon davlat tibbiyot institutini  tanlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bizning jamoa o‘z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o‘z maqsadlariga etishishida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.
2020-2021 o‘quv yilida Andijon davlat tibbiyot institutini kunduzgi ta’lim shakllari bo‘yicha 8ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 700 nafar talabani  qabul qiladi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qilingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abiturientlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq masofadan amalga oshirildi. Bizning Andijon davlat tibbiyot institutiga kirish uchun 19259 nafar abiturient hujjatlarini  ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, bir o‘ringa 27,5 nafar abiturient talaba bo‘lish istagini bildirgan.
Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz ­- yoshlarning salomatligingizni o‘ylab, o‘z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o‘tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz)dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!
 Muhtaram abiturient!
Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda va o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.
Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini so‘raymiz.
Kirish imtihonlarining o‘tish muddati, jadvali va natijalari hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni institutning www.adti.uzsayti, “@adtiqabul2020” telegramm kanalidan olishingiz, shuningdek agmi-361@mail.ru elektron adresga yoki +998742372312 raqamli telefonga murojaat etishingiz mumkin.
Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Omad yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori                                                                     M.M.Madazimov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!