alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

18:02 30.04.2024

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanning tantanali ochilish marosimi Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”ning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Xudayarov Asilbek Anvarovich, viloyat hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqbayevich anjuman qatnashchilariga tabrik yo‘lladi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madazimov Madamin Mo‘minovich ishtirok uchun barcha qatnashchilarga samimiy minnatdorchilik izhor etgan holda anjumanning dolzarbligi va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, talabalarning zamonaviy va sifatli taʼlim olishini taʼminlash uchun institutda yaratilayotgan sharoitlar, yangi 2000 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan o‘quv-laboratoriya binosi, uning imkoniyatlari haqida aytib o‘tdi.  Hozirda binoda qurilish ishlari yakunlanib, ichki pardozlash va kommunikatsiya hamda jihozlash ishlari olib borilayotganligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy tibbiyot tadqiqot jarrohlik markazi direktori Amiran Shotayevich Revishvili (Rossiya), Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti rektori  Gulzoda Maxmatshoh Qurbonali (Tojikiston) onlayn tarzda ishtirok etib, tabriklarini yo‘lladi.

Mazkur anjumanda Gretsiya, Shveysariya, Hindiston,  Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan  50 nafardan ziyod  olimlar hamda respublikamiz viloyatlaridan 200 nafardan ziyod shifokorlar ishtirok etdi. Anjuman 7 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘tkazilib, unda 164 nafardan ziyod qatnashchilar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!