alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEXNOLOGIYA VА INNOVАTSIYALАRNI QOʼLLАB-QUVVАTLАSH MАRKАZINI OCHISH BOʼYICHА SHАRTNOMА IMZOLАNDI

16:28 09.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi hamda Аndijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda “Oʼzbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash markazini tashkil etish va intellektual mulk obʼyektlarini muxofazalash” mavzusida oʼquv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi konsultativ markaz boshligʼi S. Rahmonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Gʼ. Xojimatov ishtirok etdilar.

Dastlab Аgentlikning Konsultativ markaz boʼlimi boshligʼi Feruza Ergashevaning “Oʼzbekiston Respublikasida intellektual mulk obʼyektlarini muxofazalashda texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash markazining roli va intellektual mulk sohasidagi yangiliklar” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Seminar davomida АDTI hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi oʼrtasida institutimiz qoshida texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash markazini ochish boʼyicha shartnoma imzolandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!