alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

12-may – Xalqaro hamshiralar kuni

09:11 11.05.2020

“Kasallarga qarash – rassomlik va haykaltaroshlik kabi san’at.

Parvarish qilish san’ati eng oliy san’at hisoblanadi…”

Florens  Naytingeyl – hamshiralik ishi asoschisi

Har yili 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni ( International Nurses Day ) nishonlanadi.
Hamshira – naqadar dillarda ajib bir xis uygotuvchi, dardkash, insoning yuragiga nur soluvchi, ona mexridek, guzal gullardek nafis, kamalakdek jilo beruvchi  begubor ayol siymosi.
Eng insonparvar kasb vakillariga, yana bir bor minnatdorchilik bildirmoq va tabriklamoq uchun sabab bor. Hamshiralar – bu boshlang‘ich tibbiy ta’lim olgan mutaxassislar, vrach yoki feldsherdan  bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha berilgan buyruk va ko‘rsatmalarni  bajaruvchi, bu doktorlarning yordamchilari.

Hamshiralar tarixiga nazar solsak, XI  asrda Evropada qizlar va ayollar jamiyati barpo etilib, kasallar parvarishi bilan shugullanganlar, XIII asrda  Elizaveta Tyuringenskaya o‘z mablag‘lariga shifoxona quradi, shu erda hamshira kasbi joriy kilingan edi, Vabo kasalligi epidemiyasi davrida 1348 yillarda hamshiralar juda kerakligi ekanligi butun jaxonda e’tirof etilgan.
1617- yilda Fransiyada rohib  Vikentiy Pol birinchi hamshiralar jamiyatini tashkil etadi,  (Docheri miloserdiya) Luizu de Mariyak ismli ayol boshchiligida hamshiralar uchun seminarlar tashkil etadi, 1641-yilda hamshiralar maktabi ochadi. XIX asr urtalariga kelib Evropada 16 ming hamshira faoliyat ko‘rsatgan.
Birinchi professional hamshiralar faoiyatini Florens Naytingeyl ismi bilan bog‘lanadi va uning tug‘ilgan kuni – 12 may hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda nishonlanib keladi. 1912  yilda hamshiralar uchun maxsus medal-Xalkaro kizil xochning oliy mukofoti xisoblangan.Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida hamshiralarga haykallar qo‘yilgan.
Islom Karimov O‘zbekistonda oliy toifali bilimga ega hamshiralarning ilm dargohlariga asos solgan, Prezident Shavkat Mirziyoev esa hamshiralarning patronaj xarakati insonlarga mexr berishning eng maqbul yo‘li ekanligini, ushbu yunalish bugun barcha davlat xizmatchisining asosiy kuroliga aylanishi shart ekanligini xayotimizga kiritdi.

2018-yilda Prezidentimiz tomonidan patronaj hamshiralar maoshi oshirildi, Andijon viloyat hokimi Sh.Abduraxmonov tashabussi bilan Andijon viloyatidagi barcha patronaj hamshiralarga patronaj sumkalari, hamda patronaj uchun tibbiy asbob-uskunalar majmui taqdim etildi
Hamshiralik kasbi egalari mehnatini e’zozlab, yaratayotgan erkinlik va qo‘llab-quvvatlashlari har birimizning ruhiyatimizni ko‘tarib, faoliyatimizga nisbatan sidqidildan yondashish kerakligini eslatib turadi. Ular mehnati e’tirof etilib, e’zozlandi.
Hamshira shifokorning yaqin tayanchi sifatida bemorlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ana shunday faxrlansa arziydigan fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgani bilan qadrlidir. Shu sababli barcha hamshiralarimizni ushbu xalqaro kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz. Ularga oilaviy baxt, bahoriy kayfiyatni tilab qolamiz.

Hamshiralar salomatlik posboni bo‘lib xalkimiz  xizmatida kunu-tun xizmat qilib elimiz ardog‘idagi mehr nuri bo‘lib oramizda kezib yuraversinlar, biz ularga bahor gullaridek doimo qalbimizda bo‘lishlarini tilab kolamiz.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!