alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

17 NAFAR QIZLARNING BIR YILLIK SHARTNOMA PULLARI TO’LAB BERILMOQDA

09:59 22.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo’q yolg’iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 585-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tahsil olayotgan qizlarga bir yillik shartnoma pullari o’zlarining yashash joyi hokimiyati tomonidan to’lab berilmoqda.

 

Mazkur to’lovlarni amalga oshirish uchun tavsiyanomaga ega bo’lgan 17 nafar qizlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, kengash a’zolari va tyutorlar ishtirok etdilar. Ushbu qizlarning xujjatlari ishchi guruh tomonidan o’rganilib, ularga tavsiyanomalar berilgan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!