alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2019-2020 O‘QUV YILINING YANGI SEMESTRI YANGI O‘QUV BINODA BOSHLANADI

15:13 21.01.2020

2020-yil 21-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari prorektori A.Sh.Arziqulov boshchiligida institutning yangi o‘quv binosida kafedralarni joylashishi, jihozlanishi va o‘quv jarayonini tashkil etish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ishlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Mamajonov, fakultet dekanlari B.Yu.Mamatov, A.A.G‘ofurov, D.Sh.To‘lanov, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Q.M.Yusupov va ushbu binoda joylashgan kafedralar mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Institut talabalari 2019-2020 o‘quv yilining bahorgi semestrini  to‘liq ta’mirlangan 2-o‘quv binosi hamda yangi barpo etilgan o‘quv binoda boshlaydi. Ushbu binolarda quyidagi kafedralar joylashtirildi; Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya, farmakologiya va klinik farmakologiya, ijtimoiy gumanitar fanlar, tibbiy biologiya va gistologiya, umumiy gigiena, ijtimoiy gigiena va SSB, tibbiy kimyo, biologik kimyo, tillar, pedagogik va psixologiya kafedralari joylashtirildi.

Ushbu o‘quv binoda 2 ta 120 o‘rinli, 2 ta 40 o‘rinli ma’ruza zali, 100 ga yaqin o‘quv auditoriyalari zamanoviy qattiq va yumshoq inventarlar, zamonaviy kompyuter, proektor, televizorlari, laborator jixozlar bilan jixozlangan.

O‘quv binosida yoritish va isitish tizimlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Binoda professor-o‘qituvchilarni zamon talabi darajasida mashg‘ulotlarni olib borishlari hamda talabalar puxta bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Q.M.Yusupov

ADTI o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!