alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

21-MAY KUTUBXONACHILAR KUNI MUNOSABATI BILAN ARM XODIMLARIGA INSTITUT REKTORI M.M.MADAZIMOV TABRIGI

08:08 21.05.2021

Kishi o‘zi uchun kerakli adabiyotni kitob do‘konidan emas, avval kutubxonadan qidiradi. Tinch va osuda joyda o‘zi sevgan asarni ishtiyoq bilan mutolaa qiladi. Kutubxona ziyo maskani.

2019-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Qarorda Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi bosqichida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy umumjahon tendensiyalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash, kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish, kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko‘rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblarni tarqatish, internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta’minlash, jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishni kuchaytirish, o‘qish madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish hamda axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash belgilandi. Jumladan, Prezident qarori bilan Respublikamizda 21-may Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish belgilandi.

Andijon Davlat tibbiyot instituti axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan .

Axborot resurs markazi shinam, yorug‘ bo‘lib, kerakli zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat olib boradi. Unda 3 ta o‘quv zali va elektron axborot resurslar bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

ARMning umumiy kitob fondi 27173 nomda 222685 nusxani tashkil etadi.

Aziz, kutubxona xodimlari, biz sizning zaxmatli mehnatingizni doimo qadrlaymiz! Biz sizdan birgina kitob nomini so‘rasak, vaqtingizni ayamay, bir necha nusxasini darrov ilinasiz. Opa-singil xodimalarning shiriso‘zligi va muloyimligi barchani bilim makoniga chorlayveradi. Qolaversa, madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtirokingiz taxsinga sazovor. Barchangizga ayyom muborak bo‘lsin! Oilangizga farovonlik, samarali mehnatlaringiz bardavom bo’lsin!

ADTI rektori M.M.Madazimov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!