alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING BARCHA TALABALARI DIQQATIGA!

10:29 05.03.2021

Siz iqtidorli va qobiliyatlimisiz? Ilmiy izlanish va g’oyalaringiz bormi? Asosiysi qimmatbaho sovg’alar, pul mukofotlari va SPARK avtomabiliga nima deysiz? Unda “ILHOM” tanlovida ishtirok etishga shoshiling!

Ilk bor o’tkazilayotgan tanlovdan maqsad adabiyotmizni ham yurtimizda, ham xorijda ommalashtirishdir. Unda barcha OTM talabalari, 35 yoshgacha bo’lgan o’qituvchi, tadqiqodchilari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar:

– kino va sahna asarlari;

– ilmiy-ommabop tadqiqotlar;

– xorijiy tillarga qilingan tarjimalarini taqdim etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda amalga oishiriladi:

1) Saralash bosqichi: 16-martga qadar OTM miqyosida, ya’ni ichki saralash bosqichi bo’lib o’tadi. Har bir OTM dan 3 nafar g’olib taqdimnomani qo’lga kirita oladi. Taqdimnoma maxsus imtihon natijasi yoki tavsiyanoma asosida beriladi.

2) Asosiy bosqich : 12-apreldan 20-maygacha davom etadi. Bu bosqichda tanlov uchun yuborilgan ishlar tashkiliy qo’mita tomonidan baholanadi va bayonnoma taqdim etiladi.

G’oliblarni taqdirlash 20-may sanasida e’lon qilinadi.  2- va 3- o’rin g’oliblari mos ravishda  30 milliom so’mlik va 15 million so’mlik pul mukofoti hamda  1-o’rin sohibi “Spark” avtomabili bilan taqdirlanadi, ularga maxsus diplom va statuetka topshiriladi.

IMKONIYAT O’Z QO’LINGIZDA!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!