alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI AKADEMIK LITSEY VA TEXNIKUMLARGA METODIK YORDAM BERISH SEKTORINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI.

14:22 28.08.2021

Unda institut rektri M.Madazimov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Ilmiy ishlar bo‘yicha v.v.b.prorektor K.Salaxiddinov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Q.Yusupov, ARM boshlig‘i M.Axmedova, Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi X.Sapioxunova, Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori M.Buvabekov, Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori A.Yuldashev, Bo‘ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori A.Axmadjonov, Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori A.Axmedovlar qatnashdi.

 

 

Kun tartibida 2020-2021 o‘quv yili yil yakuni bo‘yicha hisobotlar, qabul kvotani, qabul komissiyasi a’zolarini shakllantirilganligi, imtixonga tayyorgarlik ishlari, o‘tkazish joyi, yangi 2021-2022-o‘quv yili uchun tarifikatsiya ishlab chiqilganligi, o‘qituvchilar kontingentini shakllantirilganligi, yangi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga olish holati, institut professor-o‘qituvchilarini texnikumlarda dars o‘tishga jalb qilinishi, institut kafedralari bilan hamkorlik ishlari, ishchi fan dasturlari, dars jadvallarini ishlab chiqilganligi, o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati, masofaviy ta’lim platformasini shakllantirilganligi, o‘quv auditoriyalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, AKT vositalar bilan jihozlanish holati, kredit-modul tizimida o‘qitishga tayyorgarlik ishlari, texnikum xududini obodonlashtirish kabi masalalar ko`rildi.

 

 

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi X.Sapioxunovaning yillik hisoboti tinglandi. Yigilish yakunida institut rektori M.M.Madazimov o`tgan o`quv yilida olib borilgan ishlarga o`z fikrini bildirdi va kelgusidagi qilinish kerak bo`lgan hamkorlik ishlari haqida topshiriqlar berdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!