alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIOTEST MEDICAL” XUSUSIY IXTISOSLASHTIRILGAN ENDOUROLOGIYA SHIFOXONASI MUTAXASSISLARI BILAN TAJRIBA ALMASHILDI

22:25 07.10.2021

“BIOTEST MEDICAL” XUSUSIY IXTISOSLASHTIRILGAN ENDOUROLOGIYA SHIFOXONASI MUTAXASSISLARI BILAN TAJRIBA ALMASHILDI

Endourologiya, endoxirurgiya, urologiya, oftalmologiya va stomatologiya kafedrasi tomonidan endourologiya yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona shahridagi “Biotest medical” xususiy ixtisoslashtirilgan endourologiya shifoxonasi bilan shartnoma tuzildi. Unga koʻra, Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari oʻquv amaliyot darslarini olib borishlari mumkin hamda professor-oʻqituvchilar tajriba almashinish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Tursunov va bir qator mutaxassislarimiz shifoxona sharoitlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot darslarini tashkillashtirish borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, shifoxonada oʻtkazilayotgan zamonaviy endourologik jarrohlik amaliyotlarida bevosita ishtirok etib, oʻzaro tajriba almashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!