alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI

20:53 12.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2022-yil 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Andijon davlat tibbiyot institutida ishlab chiqilgan rektor va talabalar uchrashuvi jadvaliga asosan institut rektorining 4-kurs talabalari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda rektor tomonidan talabalarning bandligini ta’minlash borasida fikrlar bildirildi. Jumladan, institutdagi bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish, ularda pullik kurslar, to‘garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish mumkinligi, buning uchun institut rahbariyati tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishi ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talaba-yoshlarning qiziqishlariga qarab, institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi lavozimlari bo‘yicha ham bandligini ta’minlash mumkinligini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida yana bir bor institutda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar yangi o‘quv yilidan ming o‘rinli o‘quv binosi, yangi talabalar turar joylari hamda simulyatsion o‘quv markazlari qurilib foydalanishga topshirilishini aytib o‘tdi. Bunga javoban talabalar ushbu imkoniyatlardan oqilona fodalanishi, institut ichki tartib, “Odob-ahloq” qoidalari va kiyinish madaniyatiga rioya qilish kerakligini aytib o‘tdi.

Institutda rektor va talabalar uchrashuvi davom etmoqda.

 

ADTI rektorining rasmiy sahifalari👇

🔗 | Telegram | Instagram | Facebook |

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!