Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PROFILAKTIK TIBBIYOTDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

17:00 10.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokidagi “Profilaktik tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman 2 kunga moʻljallangan boʻlib, unda 10 dan ortiq davlatlarning vakillari hamda respublikamizning 50 dan ortiq mutaxassislari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Shahrimizdagi Hamkor biznes markazida anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval  anjumanni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ochib berdi va bugungi kunda tibbiyot sohasidagi yangiliklar, har bir kasalliklarni davolashda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, xorijlik mutaxassislar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari yuqori samara berayotganligi toʻgʻrisida alohida taʼkidlab oʻtdi. Shundan so‘ng Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Inoyatov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shadmanov, Andijon viloyati hokimiyati ijtimoiy kotibiyat mudiri E.Xolmirzayev soʻz oldilar.  Ular o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi bo‘lgan mazkur uchrashuv profilaktik tibbiyotda xorijlik mutaxassislar bilan sheriklikda olib borilayotgan samarali yutuqlar to’xtalib o’tdilar.

Anjumanning Plenar kengashida respublikamizning malakali mutaxassislari bilan bir qatorda Hindiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Ukraina kabi davlatlarning vakillari maʼruza olib bordilar.

Ayni damda institutning asosiy o‘quv binosida “Ichki kasalliklarning oldini olishda yangi innovatsion texnologiyalar: VICh/OITS, Covid-19 va infeksion kasalliklar profilaktikasi, tashxislash va davolash”, “Shoshilinch va rejali jarrohlikda asoratlarni prognozlash, profilaktikasi va innovatsion texnologiyalar bilan davolash”, “Oila shifokori faoliyatida kasalliklarni olib borishda innovatsion yondoshuvlar. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish”, “Bolalar va o‘smirlar kasalliklarini erta tashxislash va davolash. Ayollar ginekologik kasalliklarini zamonaviy tashxislash va davolash”, “Travmatologik, ortopedik, neyroxirurgik kasalliklarni davolashga zamonaviy yondoshuv”, “Tibbiy biologik fanlar bo‘yicha nazariyot va amaliyotga yangi tavsiyalar, standartlarni qo‘llash” kabi mavzularda  olimlar va mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar olib borilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjuman ertaga ham davom etadi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!