Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANA IKKI NAFAR BEMORDA MURAKKAB JARROHLIK AMALIYOTI OʻTKAZILDI

18:43 23.07.2022

Andijonda yoʻlga qoʻyilgan buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bugun mana shunday operatsiyaga muxtoj bemorlar uchun ayni muddao boʻldi. Kecha taʼkidlab oʻtganimizdek, bugun ham mazkur jarayon asakalik 39 yoshli Akmaljon Zokirovda qoʻllanildi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlgan yurtdoshimiz joriy yil fevral oyida sport mashgʻulotlari payti hushidan ketadi. Tibbiy tekshiruvlardan soʻng esa unda ham oʻtkir buyrak yetishmovchiligi aniqlanadi. Shu kungacha dori-darmon bilan davolangan bemorda sogʻlomlashtirish aksiyasi doirasida buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi. Donor — uning turmush oʻrtogʻi, 37 yoshli Shohida Zokirova boʻldi.

Shuningdek, Andijon shahar Alisher Navoiy mahallasida yashovchi 33 yoshli Sarvinoz Qalandarova 5 yildirki, oʻt pufagi xastaligidan aziyat chekadi.  Qilingan muolajalar esa kutilgan natijani bermagandi. Sogʻlomlashtirish aksiyasi uning qalbida sogʻayish umidini uchqunladi. V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari bilan bir qatorda Andijon davlat tibbiyot institutining malakali shifokorlari har ikki bemorga sogʻlom hayot ulashdilar.

Bunday jarrohlik amaliyotlari fuqarolarimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilayotgani rost. Master-klasslar davomida oʻz tajribasini yanada mustahkamlayotgan mutaxassislarimiz kelajakda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotlarini ham mustaqil amalga oshiradilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!