Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SAMARQAND SAMMITIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLASI YUZASIDAN MA’RUZA TASHKIL ETILDI

15:31 14.09.2022

Joriy yilning 12-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand sammitiga bag‘ishlangan maqolasi 30dan ortiq davlatlar nashrlarida e’lon qilindi. Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarini ushbu maqola bilan tanishtirib, tashkilot haqida tushunchalar berish maqsadida, ma’ruza tashkil etildi.

Tadbirni O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi A.Sattorov tomonidan mavzu yuzasidan tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, ma’ruza qilindi. Unda dastlab, ShHT tuzilmasi, unga a’zo davlatlar hamda tashkilotning maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, Prezident Sh.Mirziyoyevning Samarqand sammitiga bag‘ishlangan maqolasida alohida urg’u berilgan masalalarga batafsil to’xtalib o’tildi. “O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda”, deya, boshlangan maqola quyidagi bandlarni o’z ichiga oladi:

  • Muvoffaqiyatli mintaqaviy hamkorlik modeli;
  • O’zbekistonning ShHTdagi raisligi: birgalikda rivojlanish orqali umumiy muvoffaqiyat sari;
  • “Samarqand ruhi” – hamkorlik, o’zaro anglashuv va do’stlik ifodasi.

Ma’ruza davomida ushbu bandlarda qamrab olingan masalalar mazmun, mohiyati haqida talabalarga tushunchalar berildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!