Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLARIMIZ KOʻPLAB OPERATSIYALARDA ISHTIROK ETISHMOQDA

14:51 21.09.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi «Xirurgiya xizmatini transfarmatsiya qilish, xududlarda jarrohlik amalyoti sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5254 sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining  1007/14611-xatidagi koʻrsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida «Umumiy jarrohlik  kafedrasi» dotsenti  t.f.n. B.Matkarimov (qon-tomir jarroh), assistenlari t.f.n. Turg’unov Abdinosir Ismilovich (kardioxirurg), t.f.n. dotsent Matkarimov Baxtiyor Xolmirzayevich (qon tomir jarrohi), assistent Turgʻunov Botirjon Abduqayumovich (kardioxirurg), Adihamjonov Shohrux Boburjon oʻgʻli (anestiziolog-reanimatolog), Nabijonov Bahodirjon (ordinator) Rossiya federatsiyasi Moskva shahridagi akademik V.I. Shumakov nomli transplantalogiya va sunʼiy organlar ilmiy tibbiyot markazida «Yurak klinik transplantatsiyasi» va «Buyrak klinik transplantatsiyasi» sikllarida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, mutaxassislarimiz Rossiya federatsiyasi Moskva shahridagi akademik V.I. Shumakov nomli transplantalogiya va sunʼiy organlar ilmiy tibbiyot markazi 3-kardioxirurgiya yurak transplantatsiyasi boʻlimi mudiri, professor I.Ye.Zaxarchenko bilan birgalikda ertalabki vrachlar muhokomasida, operatsiyagacha boʻlgan bemorlarni tekshiruv va davolash ishlarida (operatsiyalar)da faol qatnashmoqda.

Ular hozirgacha boʻlgan vaqt mobaynida yuqori texnologik operatsiyalardan 2 ta Sunʼiy chap qorincha oʻrnatish, 7 ta yurak transplantatsiyasida, 4 ta sunʼiy aortal klapan kuyish operatsiyasida, 4 ta aortakoronar shuntlash  va 1 ta Bental De Bono operatsiyasiga qatnashishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!