alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DOKTORANTI “EL-YURT UMIDI” JAMG`ARMASINING STIPENDIYASI SOHIBI BO‘LDI

09:35 09.08.2023

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan stipendiya tanlovining navbatdagi g‘oliblari aniqlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 154 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar Fond stipendiyasi sohiblari deb topildi.

Quvonarlisi, ular qatorida Andijon davlat tibbiyot institutining doktoranti 2-Farmasevtik fanlar kafedrasi mudiri v.v.b Pazliddinov Abduvohid Vohobjon o‘g‘li ham bor.

U xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalardan joy olgan Buyuk Britaniyaning Glasgow Strathclyde universitetida “Advaced Pharmacology” (ilg‘or-zamonaviy Farmakologiya) yo‘nalishida o‘z ilmiy ishlarini olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ushbu 3 yillik dastur doirasida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tahsil oladi.

Shuningdek, ushbu grand g‘oliblari Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlarni vatanga sadoqat, o‘zbek milliy qadriyatlariga hurmat, g‘oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor masalalari” mavzusida maxsus kurslarni ham tamomladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!