Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qaroriga muvofiq, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,
Senatning Xotin-qizlar va gender tanglik masalalari qoʻmitasi tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi oʻtkazilishi belgilangan.
Tanlov joriy yilda 3 bosqichda tashkil etishi belgilangan boʻlib, 1-bosqich oktabr oyida tuman (shahar) larda, 2-bosqich noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharlarda, respublika bosqichi dekabr oyining oxirgi oʻn kunligida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Tanlovning tuman(shahar) hamda hududiy bosqichlarida ishtirok etish uchun hujjatlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.
Institutimizning barcha faol ayollarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Batafsil ma’lumotlarni tanlov nizomidan bilib olishingiz mumkin: Tanlov nizomi