INSTITUTDA “ZAMONAVIY XIRURGIYANING MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “ZAMONAVIY XIRURGIYANING MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

17:26 06.10.2023

Bugun, 6-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy xirurgiyaning muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xorijiy 90 nafarga yaqdin soha mutaxassislari onlayn va offlayn (gibrid) tarzda ishtirok etdi.

Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, institutda amalga oshirilayotgan ishlar,  qurib bitkazilayotgan yangi o‘quv binosi, institut klinikasi, ularning zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanayotganliklari haqida tanishtirib o‘tdi va barcha qatnashchgilarni xirurgiyaning zamonaviy muammolarini o‘rganib, ularga yechim topishda faol bo‘layotganliklari o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatovning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

Shuningdek,  A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy tibbiyot tadqiqot jarrohlik markazi direktori Amiran Shotayevich Revishvili onlayn shaklda ishtirok etib, xirurgiya tibbiyotning juda muhim va murakkab sohasi ekanligini hamda ushbu mavzuga bag‘ishlab o‘tkazilinayotgan ushbu anjuman juda dolzarbligini aytib o‘tdi.

Anjumanda, AQSH, Rossiya, Hindiston, Yaponiya, Tatarison kabi davlatlar hamda respublikamiz qator viloyatlaridan xirurgiya sohasi mutaxassislari onlayn va offlayn tarzda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Kunning ikkinchi yarmida sohaning yetuk mutaxassislari va yosh izlanuvchilar “Oyoq-qo‘l tomir kasalliklarida: shish sindromi oldini olish va davolashda zamonaviy klinik limfologiyaning imkoniyatlari”, “Parenximal organlarning travmatik shikastlanishlari uchun jarrohlik taktikasi”, “Ochiq donorda gepata ektomiyani usulini baholash va jarrohlik usullari”, “O‘tkir yiringli infektsiyani kompleks davolashda innovatsion texnologiyalar”, “Kolorektal saratonni davolash uchun operatsiyadan keyingi davrda qayta kasalxonaga yotqizish”, “Endometriy saratonning og‘ir bosqichini hozirgi holati: erishilgan yutuqlar”, “Lazerli fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash”, “Miyokard ishemiyasi va yurak aritmiyalari uchun jarrohlik hamda interventsion aralashuvlar natijalarini bashorat qilish tizimlarini takomillashtirish”  kabi qator dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!