QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

11:41 21.10.2023

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

 

🔰Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

📝 Davlat chegarasi joylarda aniq koʻrinib turadigan chegara belgilari bilan koʻrsatib qoʻyiladi.

 

🏢 Qonunga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

 

📋 Davlat chegarasini kesib oʻtish quyidagicha amalga oshiriladi:

 

🔹quruqlikda, chegara daryolarida, koʻllarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yoʻllarining Davlat chegarasini kesib oʻtish uchun belgilangan joylarida;

 

🔹samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yoʻlaklarida.

 

🚫 Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yoʻli va temir yoʻl oʻtkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotganda:

 

➖belgilangan yoʻnalishni oʻzgartirish;

 

➖transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;

 

➖har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga koʻtarishni, qoʻndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.

 

📁 Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qoʻshimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:

 

▫️chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;

 

▫️xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;

 

▫️suzish vositalarining chegara daryolariga, koʻllariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.

 

☑️ Xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga oʻtkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar Chegara qoʻshinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.

 

 

Skip to content