O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son farmoyishiga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida 2023-yil l-dekabridan 3-dekabrga qadar talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovga maqolalar 2023-yil 2-dekabr kuniga qadar institut ilmiy bo‘limiga qog‘oz holatda olib kelishingiz yoki https://t.me/Cardio_Neurologist telegram manziliga elektron yuborishingiz mumkin. Tanlovda 5 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.
Tanlovni o‘tkazish tartibi bilan batafsil havolada tanishishingiz mumkin:Tanlov shartlari