Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING 9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

22:27 08.05.2024

Assalomu alaykum, aziz hamkasblar, ilmga chanqoq talaba-yoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Sizlarni, sizlar orqali qadrli urush va mehnat faxriylarini 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  samimiy qutlayman.

Ushbu kunda yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alaba kunini keng nishonlanadi.

Shu kunda Vatan ozodligi yo‘lida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, Vatan tinchligi, yurt taraqqiyoti yo‘lida samarali va fidokorona mehnat qilgan insonlar yodga olinadi.
Andijon davlat tibbiyot instituti tashkil topganidan buyon o‘tgan yillar mobaynida yuqori malakali ustoz va professor-o‘qituvchilar, tarbiyachilar talabalarga taʼlim berib kelmoqdalar. Ular orasida oliygohimizning bugungi kundagi mavqeyi va nufuzida Usmon Alimov, Yusuf Otabekov, Rahim Nurmuhammedov, Satqul Jumaboyev, Mamazoir Xo‘jamberdiyev, Alisher Shodmonov kabi institutimiz rektorlarining, sizlar qatori bizga ham ustoz bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos. Ular rahbarlik bilan birga taʼlim sohasida ham, malakali shifokor sifatida ham eʼtibor va e’zozga sazovor.

Ularning ibratli hayot yo‘llari bizlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Biz doimo ularning xotiralarini yod etamiz. Ilmiy izlanishlari, yozib qoldirgan ilmiy asarlari bizga hamisha dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Ustozlarimizning ibratli hayot yo‘llari, samarali mehnat faoliyatlari haqida yosh avlodni xabardor qilish maqsadida ularning oila aʼzolari, shogirdlari, do‘stlari, hamkasblari ishtirokida Xotira tadbirlarini muntazam o‘tkazib kelmoqdamiz. Zero, yosh avlod bu kabi xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettiradi.

Qolaversa, institutimiz jamoasi va talabalar hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarimizni doimiy tarzda holidan xabar olib, suhbatlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Ular esa avvalo yurtimiz tinchligi, vatan ravnaqi, shuningdek, ertamiz egalarining baxt-kamolini so‘rab duo qilmoqdalar.

Qadrli faxriy ustozlar, sizlarni, siz orqali barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etaman. O‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilayman. O‘tganlarni ruhi shod bo‘lsin!

M.M.Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content Click to listen highlighted text!