alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«HAMSHIRALAR KUNI” MUBORAK BO‘LSIN!

07:59 12.05.2021

Tibbiyot sohasidagi yangiliklarning har bir fuqaroga yetib borishida, xalqimizni sog‘liqni saqlash tizimidan rozi bo‘lishlarida  o‘rta tibbiyot xodimlarining o‘rni benihoya muhimdir.

Shu sabab ham so‘nggi yillarda o‘rta tibbiyot xodimlarining nufuzini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi tubdan takomillashdi. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi sohada boshlangan xayrli islohotlardan bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning  sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha qabul qilgan so‘nggi Farmoni bilan «Tibbiyot brigadalari» uchun 20 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtati ajratildi.

Hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Hurmatli hamkasblar, tizimimiz lokomotivi hisoblangan o‘rta tibbiyot xodimlari, Hamshiralar,  barchangizga Xalqaro hamshiralar kuni muborak bo‘lsin! Ko‘p ming sonli jamoamiz nomidan tabriklayman!

Hamisha  mehnatingiz elda e’zoz topsin!

 

Hurmat bilan, ADTI rektori, M.Madazimov

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!