alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi

12:10 22.02.2019

Shu kunlarda  respublikamizda  buyuk yozuvchi, o‘zbek romanchiligining asoschisi  Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng nishonlash yuzasidan oliy ta’lim  muassasalarida  adib hayoti va ijodiga  bag‘ishlangan adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shu munosabat bilan 2019- yil 22- fevral kuni  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  joriy yil 7- yanvardagi 87-04-10  xatiga asosan, Andijon davlat tibbiyot institutida  Abdulla Qodiriy tavalludiga bag‘ishlab “Moziyga  qaytib ish ko‘rish xayrlidir” deb nomlangan  adabiy-badiiy  kecha o‘tkazildi. Mazkur kecha yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi va Tillar, pedagogika  va psixologiya  kafedrasi tashabbusi bilan  tashkil qilindi. Tadbirni   ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov  ochib berdi.


Shundan so‘ng, talabalar tomonidan adib  hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qilindi, uning o‘lmas asarlariga oid  fotosuratlar namoyish etildi.


Shuningdek,  talabalar Abdulla Qodiriyning “To‘y”, “Ahvolimiz” kabi she’rlarini  yod o‘qidilar. Adibning mashhur asarlari-  “O‘tgan kunlar”,”Mehrobdan chayon” asarlaridan  Otabek, Kumush, Zaynab  monologlarini  aytib berdilar. Talabalar tomonidan  namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari ham barchada katta taassurot qoldirdi.


Ular “Mehrobdan chayon” romani qahramonlari Ra’no bilan Anvar dialogini ham  zo‘r mahorat bilan ijro etdilar. She’rlar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar esa raqslarga ulanib,adabiy- badiiy  kecha yanada fayzli va mazmunli o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!