alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ACADEMIC ESSAY WRITING” GʻOLIBLARI ANIQLANDI

19:05 01.02.2022

Xalqaro fakultetda taxsil olayotgan talabalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy tibbiyot boʻyicha yetarli bilim va tajribaga ega boʻlishlari maqsadida “Academic essay writing” insholar tanlovi oʻtkazildi. Dastlab saralash bosqichida ishtirok etgan 24 nafar talabalardan 10 nafari yakuniy bosqichda oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva hamda xorijiy tillar kafedrasining professor-oʻqituvchilari ularni baholab bordilar. Berilgan 5 ta savollarga batafsil javob bera olgan Niharika Sinkh 1-oʻrinni, Meh Jabeen 2-oʻrinni, Muhammad Hammad 3-o’rinni egalladi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan munosib taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!