alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI professor-o’qituvchilarining umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan uchrashuvlari qiziqarli o’tmoqda

17:30 18.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan qator vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalarining Marhamat tumanidagi umumta’lim maktablariga tashrifi  davom etmoqda. Navbatdagi manzil esa tumandagi 6-umumta’lim maktabi bo’ldi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelgan institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Arziqulov, davolash fakulteti dekani B.Mamatovlar boshchilidagi institut ishchi guruhiga Marhamat tuman XTB mas’ul xodimlari hamrohlik qildilar. Ular Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdilar.

Maktab o‘quvchilari ADTI jamoasiga barcha yo’nalishlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi. Jonajon Vatan, ota-ona, tinchlik va do’stlikni, baxtiyor bolalikni madhҳ etuvchi dilrabo q’o‘shiq va jozibali raqslarni ijro etishdi, o’zlarining aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi. Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan ko‘rgazmalarini ham tomosha qilishib, o‘quvchilarning san’atiga, mahoratiga yuqori baho berdilar.

Shuningdek, o’quvchilar  tomonidan sport musobaqalari ham o’tkazildi. Musobaqalar davomida bolajonlar sport turlari bo‘yicha epchil va chaqqon ekanliklarini ko‘rsata olishdi. Ishchi guruh o‘qituvchi va o‘quvchilarning adabiyot, san’atga qiziqishi, kompyuter savodxonligi, kitobxonlik darajasi, jismoniy tarbiya va sportga munosabatini tahlil etdilar.

Tashrif davomida professor – o’qituvchilar o‘quvchilar bilan  ochiq muloqotda bo’ldilar. O’quvchilarning kelgusidagi maqsadlari va orzulari bilan qiziqdilar. O’z o’rnida   institutning bugungi faoliyati haqida o’quvchilarga so’zlab berdilar. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv markazlari, ATM, ARM, masofaviy ta’lim, telemeditsina ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil gapirib berdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi maktabning iqtidorli, iste’dodli o‘quvchilariga jamoaning esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Maktab jamoasi Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalarining tashrifidan hamda qiziqarli va mazmunli suhbatlardan cheksiz mamnun bo‘lganliklarini izhor etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!