alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ziyayev Ilyosmirzo “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

20:14 26.08.2021

Andijon davlat tibbiyot institutning ilmiy bazasi, poydevori mustahkamligi, jamoadagi  ijtimoiy-maʼnaviy muhitning shaffofligi, barqarorligi uchun, bir oʻquv yilining oʻzida 5 ta talabamiz  “Zulfiya”, “ Mard oʻgʻlon”, “Kelajak bunyodkori”, “ Mehr-sahovat” nomli nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Albatta, bu yillar zamiridagi mehnat, Andijon tibbiyot maktabining mehnati, jamoa markasi hanuz trenddaligining isbotidir.

Bir qator Oʻzbekiston, “Спаси и сохрани III” Rossiya,

“CAOS- Almaty” Qozogʻiston xalqaro tibbiyot olimpiadalari gʻolibi, 25 dan ortiq ilmiy maqolalar, 80 dan ortiq tezislar, 1 ta ratsionalizatorlik taklif va 100 dan ortiq ilmiy va amaliy anjuman va treninglar sertifikati va diplomlari sohibi Ilyosmirzo Ziyayev Andijon davlat tibbiyot institutining ibratli, tashabbuskor talabalaridan biri.

Eng asosiysi, Ilyos mirzo buyuk qalb egasi. Sodda, samimiy, begʻubor inson. Murojaatingizga qoʻli koʻksida, hamisha labbay ustoz deb javob beradi.

Mana shunday benazir tarbiya, intellekt uchun uning ota-onasi, ustozlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ilyosmirzo, biz siz bilan faxrlanamiz!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!