• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

ILMIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI YANGILIKLAR MUHOKAMASI

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-mayda qabul qilingan “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda uning ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.


Tadbirda tibbiyot fanlariga ixtisolashgan respublikadagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar raislari, ilmiy kotiblar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminarda dastlab Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.b Abdulaziz Shermuhamedov va bosh inspektor Aziz Zufarov tomonidan Farmonda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ilmiy kadrlar tayyorlash va attestatsiya qilish tizimida nazarda tutilgan yangiliklar hamda ularni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Seminar davomida mamlakatda ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati va amaliy ahamiyatini oshirish, ilmiy rahbarlik institutini takomillashtirish hamda attestatsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Farmon asosida ilmiy daraja olish uchun qo‘yilayotgan talablar, ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etishning yangi mexanizmlari, dissertatsiya ishlarini baholash mezonlarini takomillashtirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy faolligini rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.




Tadbir ishtirokchilari tomonidan ilmiy kengashlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinib, yangi tartiblarni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha qator amaliy tavsiyalar berildi. Savol-javoblar tarzida o‘tgan muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha ma’lumot oldi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Farmonning hayotga izchil tatbiq etilishi mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va raqobatbardosh yangi avlod ilmiy kadrlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 12
  • Kecha, 14:02
Oldingi nashr Keyingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO HAMKORLIK ALOQALARINI KENGAYTIRMOQDA
Bugun, 13:29
ILMIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI YANGILIKLAR MUHOKAMASI
Kecha, 14:02
INSTITUT PROFESSORLARI KUBAN DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA
Kecha, 13:54
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO HAMKORLIK ALOQALARINI KENGAYTIRMOQDA
Bugun, 13:29
ILMIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI YANGILIKLAR MUHOKAMASI
Kecha, 14:02
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через