• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyatiga oid murojaat yuzasidan institut matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.


Ma’lumki, barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2025-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 284-sonli buyrug‘i asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun kiyinish madaniyati hamda xizmat faoliyatiga mos dress-kod talablari joriy etilgan. Institutga ishga qabul qilingan xodimlar hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish bo‘yicha o‘z roziliklarini bildirgan holda ikki tomonlama shartnoma imzolaydilar. Shu sababli institut hududida va o‘quv jarayonlarida belgilangan kiyinish tartibiga amal qilish talab etiladi. Shuningdek, talabalar 2-bosqichdan boshlab tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydilar hamda bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladilar. Operatsiya, laboratoriya, bog‘lov va muolaja xonalarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash uchun amaldagi sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik talablariga muvofiq maxsus tibbiy kiyimlardan foydalanish majburiy hisoblanadi. Belgilangan me’yorlarga mos bo‘lmagan kiyimlarda amaliyot jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Xususan, yakuniy imtihonlarda ham amaliy jarayonlar bo‘lishini inobatga olgan holda talabalardan dress kodga amal qilishlari talab etiladi. Shu bois Andijon davlat tibbiyot institutida, xuddi boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalari kabi, talabalar oq xalat va unga mos maxsus tibbiy bosh kiyim hamda zarur hollarda maxsus jarrohlik kiyimida bo‘lishlari talab etiladi. Mazkur talablar diniy e’tiqodga nisbatan cheklov sifatida emas, balki tibbiyot sohasi uchun belgilangan kasbiy, sanitariya va xavfsizlik standartlaridan kelib chiqib qo‘llaniladi.

Shuningdek, murojaatda Moliya ishlari bo‘yicha prorektor Z.Mamajonov faoliyatiga oid ayrim da’volar keltirilgan. Biroq murojaatda ushbu da’volarni tasdiqlovchi aniq faktlar, dalillar yoki huquqiy asoslar taqdim etilmagan. Shu sababli mazkur masalaga huquqiy baho berish vakolatli organlar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilishi mumkin.

Institutda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlar, asosan, darsdan bo‘sh vaqtlarda tashkil etilib, o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikka alohida e’tibor qaratiladi.

Murojaatda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajanov faoliyatiga oid fikrlar bildirilgan. Ma’lum qilamizki, B.Abdullajanov sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlar sababli o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan. Hozirgi kunda u institutning Umumiy jarrohlik kafedrasida professor lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Murojaatda kutubxona kompyuterlari eskirgani va ulardan foydalanish imkoniyati cheklangani haqida fikr bildirilgan. Biroq institut Axborot-resurs markazida talabalar va kitobxonlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, markazning ilmiy o‘quv zali va elektron zalida jami 55 ta kompyuter mavjud bo‘lib, ulardan talabalar hamda boshqa foydalanuvchilar muntazam foydalanib kelmoqdalar. Barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, Axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlarining elektron shakllari fanlar kesimida elektron bazaga joylashtirilgan va talabalar foydalanishi uchun taqdim etilgan. Markaz moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida 2026–2027-o‘quv yili uchun qo‘shimcha 30 dona zamonaviy monoblok xarid qilish rejalashtirilgan.

Institutning barcha o‘quv binolarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyruqlari asosida maxsus Wi-Fi zonalari tashkil etilgan. Mazkur tarmoqlar orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq taqiqlangan hamda o‘quv jarayoniga aloqador bo‘lmagan veb-saytlar, portallar va internet resurslariga kirish cheklangan. Institutda kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida internet tarmoqlaridan foydalanuvchilarning faoliyati amaldagi qonunchilik talablari asosida monitoring qilib boriladi. Ushbu chora-tadbirlar kiberhujumlar va tashqi tahdidlarning oldini olishga qaratilgan. Talabalar bilimini baholash jarayonlari, jumladan test sinovlari, inson omilini minimallashtirgan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida baholash tizimining shaffofligi, xolisligi va belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan. Test jarayonlarida korrupsiyaviy holatlar aniqlanmagan. Shuningdek, institut hududida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlari rahbar va xodimlarning xizmat xonalariga o‘rnatilmagan. Videokuzatuv qurilmalari asosan koridorlar, ma’ruza zallari va imtihon markazlariga joylashtirilgan. Videokuzatuv yozuvlarini olish va ko‘rib chiqish amaldagi tartiblarga muvofiq institutga biriktirilgan ichki ishlar organi xodimi ishtirokida amalga oshiriladi. Videoma’lumotlardan foydalanish va ularni ko‘rib chiqish belgilangan tartib hamda vakolat doirasida ta’minlanadi.

Institut rahbariyati talabalar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlarni doimiy ravishda o‘rganib boradi hamda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi. Har qanday murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va asosli masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 32
  • Bugun, 10:23
Oldingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT
Bugun, 10:23
DIQQAT, HIMOYA SEMINARI!
Kecha, 13:34
DIQQAT, HIMOYA SEMINARI!
Kecha, 13:31
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
RASMIY MUNOSABAT
Bugun, 10:23
DIQQAT, HIMOYA SEMINARI!
Kecha, 13:34
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через