Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov viloyatdagi davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda ish beruvchilar ishtirokida onlayn tarzda ochiq muloqot o'tkazdi.
Uchrashuv davomida oliy ta'lim muassasasini tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, ularni hududlardagi tibbiyot muassasalariga maqsadli yo'naltirish, tor soha mutaxassislariga bo'lgan ehtiyojni qoplash, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tibbiyot tizimida malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, sog'liqni saqlash tizimida ta'lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlarni keng joriy etish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot yakunida bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish, bitiruvchilarning bandligini ta'minlash va hududlarda malakali tibbiyot kadrlari bilan ta'minlash borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.







