• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
    • Akademik mobillik
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

O‘zbekiston va Ozarbayjon: abadiy do‘stlik va tibbiyot sohasidagi yangi hamkorlik ufqlari

O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini tarixiy yaqinlik, mushtarak qadriyatlar va samimiy do‘stlik rishtalari birlashtirib keladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 23–24-avgust kunlari mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Muzokaralar davomida savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ayniqsa, Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va o‘zaro ishonchning mustahkam huquqiy ifodasi bo‘ldi.



Mazkur do‘stona munosabatlarning amaliy ifodasini tibbiyot va tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikda ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti Ozarbayjonning tibbiy oliy ta’lim muassasalari va professional tibbiyot tashkilotlari bilan tibbiyotning bir qator ustuvor yo‘nalishlarida tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, akademik mobillikni ta’minlash, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish borasida yaqindan hamkorlik qilmoqda.

So‘nggi yillarda ushbu aloqalar yanada mustahkamlanib, amaliy mazmun kasb etmoqda.
Institutimiz uchun Ozarbayjon bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida bolalar jarrohligi, minimal invaziv jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohalarini alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu yo‘nalishlarda akademik mobillik, malaka oshirish, ma’ruzalar, master-klasslar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Xususan, ADTI bolalar jarrohligi kafedrasida Ozarbayjon Davlat Tibbiyot universiteti vakillari ishtirokida akademik mobillik doirasida ma’ruza va master-klasslar o‘tkazilmoqda.



Institutda tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalarda ozarbayjonlik mutaxassislar faol qatnashayotgan bo‘lsa, institut professor-o‘qituvchilari ham Ozarbayjondagi xalqaro konferensiya, forum va malaka oshirish tadbirlarida ishtirok etmoqda. Talabalarimizning xalqaro yoshlar forumlaridagi ishtiroki ham yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va tajriba almashinuvini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

2024-yil 27–30-iyun kunlari o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon tibbiyot kunlari” doirasida Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar assotsiatsiyasi vakillarining ADTIdagi ochiq ma’ruzalari ham samarali hamkorlikning yorqin namunasi bo‘ldi.




Kelgusida Ozarbayjon universitetlari bilan tibbiy ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish, institut klinikasida zamonaviy qo‘shma operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchi va talabalar akademik mobilligini kuchaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy maqolalar chop etishga alohida e’tibor qaratamiz.

Quvonarlisi, joriy yilda 20 nafar ozarbayjonlik yosh Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olish istagini bildirgan. Bu institutimizning xalqaro nufuziga va O‘zbekiston tibbiy ta’limiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Ishonchim komilki, ikki davlat rahbarlarining do‘stona va strategik munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari ta’lim, tibbiyot, ilm-fan, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi hamkorlikka yangi imkoniyatlar ochadi.




Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona va birodarlik munosabatlarini tibbiy ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi aniq amaliy loyihalar bilan yanada boyitishga tayyor.



Zero, abadiy do‘stlik — bu faqat tarixiy hujjat emas, balki kelajak avlodlar uchun birgalikda bunyod etiladigan mustahkam hamkorlik va farovon kelajak poydevoridir.

Madamin Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 4
  • 24-08-2026, 22:20
Oldingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

“Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha suhbat natijalari e’lon qilindi!
Kecha, 21:43
“Davolash” yo‘nalishi bo‘yicha suhbat natijalari e’lon qilindi!
Kecha, 21:42
O‘zbekiston va Ozarbayjon: abadiy do‘stlik va tibbiyot sohasidagi yangi hamkorlik ufqlari
24-08-2026, 22:20
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
“Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha suhbat natijalari e’lon qilindi!
Kecha, 21:43
“Davolash” yo‘nalishi bo‘yicha suhbat natijalari e’lon qilindi!
Kecha, 21:42
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через