1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “Ziyo ulashuvchi ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni ochib berganlar o‘z so‘zlarida ustozlik kasbining sharafli va mas’uliyatli ekani, ayniqsa, ayol ustozlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni beqiyosligini ta’kidladi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimi, topqirligi, pedagogik mahorati, ijodkorligi va sahna madaniyatini yuqori darajada namoyish etdi. Har bir chiqish o‘ziga xosligi, mazmuni va kreativ yondashuvi bilan ajralib turdi.

Tanlov yakunida faol ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi:
🥇 1-o‘rin — Irodaxon Xurboyeva
“Eng ijodkor ustoz” nominatsiyasi — Marg‘ubaxon Qazaqova
“Eng zukko ustoz” nominatsiyasi — Saidaxon Dalimova
“Eng mahoratli ustoz” nominatsiyasi — Maftunaxon Abdullayeva
Barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz!









