• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

ANDIJONDA ZAMONAVIY TIBBIY KLASTER SARI MUHIM QADAMLAR

Ma’lumki, 2025-yil 15–16-aprel kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, xususan, tibbiyot sohasida Andijon brendini yaratish uchun barcha zarur imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mazkur fikr hududning mavjud salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi, malakali kadrlar bazasi hamda so‘nggi yillarda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa Andijon viloyatini nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham tibbiyot markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.


Ushbu yo‘nalishda o‘tgan yil davomida muhim amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 650 o‘rinli zamonaviy klinikaning Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilishi sohadagi tub burilishlardan biri bo‘ldi. Mazkur klinikani to‘liq rekonstruksiya qilish, uni ilg‘or tibbiy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida davlat tomonidan 180 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada, institutda tahsil olayotgan 13 ming nafar talaba uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati kengaydi. Talabalar zamonaviy klinika sharoitida bevosita tajriba orttirib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kelajakda raqobatbardosh, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Bundan tashqari, klinika hududida qo‘shimcha ravishda travmatologiya, pediatriya, jarrohlik hamda ginekologiya yo‘nalishlarida yangi bo‘limlar barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun yana qo‘shimcha 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ma’qullandi. Ushbu keng ko‘lamli ishlar natijasida mazkur hududni yagona zamonaviy tibbiy klasterga aylantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa Andijon viloyatini nafaqat hududiy, balki respublika darajasida ilg‘or tibbiyot markazlaridan biriga aylantirish bilan birga, tibbiy turizm va ta’lim turizmini rivojlantirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Hozirgi kunda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, binolarda ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, klinikani zamonaviy qattiq va yumshoq mebellar, ilg‘or tibbiy uskunalar bilan jihozlash ishlari ham bosqichma-bosqich nihoyasiga yetkazilmoqda. Har bir bo‘limni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov boshchiligida ushbu klinikada olib borilayotgan qurilish, pardozlash va jihozlash ishlari yakuniy bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda klinika rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda klinika tarkibida joylashadigan kafedralar mudirlari ishtirok etdi.




Yig‘ilish davomida klinikaning har bir qavati va xonalarida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil muhokama qilindi. Xususan, shifokorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, bemorlar hamda ularning yaqinlari uchun zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.




Mazkur sa’y-harakatlar yaqin kelajakda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini zamonaviy, innovatsion yondashuvlarga asoslangan yirik tibbiy maskanga aylantirib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.





Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 9
  • 5-05-2026, 12:19
Oldingi nashr Keyingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

DIQQAT, HIMOYA SEMINARI!
Kecha, 13:16
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH
11-05-2026, 15:01
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORINING 9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
9-05-2026, 07:14
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
DIQQAT, HIMOYA SEMINARI!
Kecha, 13:16
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH
11-05-2026, 15:01
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через