Aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori,  Andijon viloyati Hokimining 2019-yil 15-noyabrdagi № 536-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi  ijrolarini  ta’minlash maqsadida, aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida 2020-yil 10-mart  kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining, Sultonobod MFYda joylashgan 58-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 20 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 345 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 164 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahatlar berildi.

Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 12 nafar bemorlarga viloyat DPMlariga 9 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek ushbu tadbirda 76 ta UTT, 69 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

161