alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AKADEMIK LITSEYGA KIRISH IMTIXONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

13:10 14.07.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyida o‘qishga qabul qilish imtixonlari boshlandi. Mazkur imtixonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida institut tomonidan maxsus komissiya biriktirilgan bo‘lib, jarayonlarda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, akademik litseyga 797 nafar abiturient xujjat topshirgan bo‘lib, 156 ta qabul kvotasi belgilangan. Imtixonlar esa 3 kun davomida 2 smenada olib boriladi.

Bugun o‘tkazilgan 1-smena imtixonlarida 146 nafar abiturient sinovdan o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!