Akusherlik va ginekologiya kafedrasida dolzarb mavzuda anjuman

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 20-aprel kuni ADTI 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi anjumanlar  zalida  1-akusherlik va ginekologiya, fakultativ pediatriya  va neonatologiya  va gospital va shoshilinch pediatriya kafedralari  hamkorligida “Актуальные  проблемы  невынашивания беременности. Вопросы  профилактики  невынашивания  беременности  в  современном  акушерстве” mavzusida  talabalar ilmiy konferensiyasi  tashkil etildi.

Konferensiya avvalida  2–akusherlik va ginekologiya  kafedrasi mudiri,  dotsent X.Nigmatshayeva   professor-o‘qituvchilar va talabalarni anjumanga tashrifidan  mamnun ekanligini  bildirib,  tadbirni ochib berish uchun  so‘zni  ustoz shifokor, kafedra asoschisi, professor T.Q.Muhiddinovaga  berdi.

Ustoz  konferensiya ishini ochib, barcha ishtirokchilarni tabriklar ekan,  yoshlarni o‘z kasbini sevib,  ilm-fan sirlarini  qunt bilan o‘rganishga, bemorlarga zarur yordamni  o‘z vaqtida to‘g‘ri va samarali ko‘rsata bilishga chorladi.

Konferensiyada 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, dotsent D.Asranqulova, fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, dotsent B.Inaqova, gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi mudiri, dotsent M.G‘anievalar so‘z olib, bugungi kun talabalarining izlanuvchanligi, bilim va iqtidori, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va intilishlari, xususan, bugungi kun talabasiga qo‘yilayotgan talablar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Anjuman kun tartibiga  qo‘yilgan  institutning iqtidorli talabalari va magistrlari M.Usmanova, D.Karimova, N.Madjidova, Z.Inaqova, M.Axmedova, N.Abdumo‘minova,  A. Muhammadxanov, M.Mirzaabdullaev, Sh.Oripova, G.Haydarova, U.Teshaboev  singari  yosh tadqiqotchilarning o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlagan taqdimot ma’ruzalari  tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan  qarshi olindi.

Ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi. Talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘zlari uchun ko‘plab yangi ma’lumotlar olib, kelgusida ish faoliyati uchun zarur ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar. Barcha ustozlar  yoshlarga kelgusidagi ilmiy  izlanishlarida muvaffaqiyatlar  tiladilar.

701