Andijon viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassislari bilan o`tkazilgan ochiq muloqot

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti professor o`qituvchilari, bitiruvchi kurs kafedralari mudirlari fan-ta`lim-ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash maqsadida 2018-yil 15-dekabr kuni Andijon viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassislari viloyat, shahar davolash-profilaktika muassasalari bosh shifokorlari bilan ochiq muloqot o`tkazildi. Muloqot Andijon VSSBsi majlislar zalida bo`lib o`tdi. Ochiq muloqotni Andijon VSSB boshlig`i Abduraxmonov Avazbek Xoshimovich kirish so`zi bilan ochib berdi. So`ng institut o‘quv ishlari bo`yicha prorektori A.SH.Arziqulov so`zga chiqib, institutda mavjud fakultetlar, yo`nalishlar, hozirgi kundagi o`quv jarayoni, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar,  institutda yangi tashkil etilgan “O`quv simulyatsion markaz”, talabalarning yozgi ishlab-chiqarish amaliyotini “Ustoz-shogird” tizimida tashkil etish, xalqaro aloqalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, to`g`risida qisqacha ma`lumot berdi.

Shuningdek viloyatning tajribali mutaxassislarini institut o`quv jarayoniga jalb etish, viloyatning zamonaviy tibbiy texnikalar va laboratoriyalar bilan jihozlangan davolash-profilaktika muassasalarida talabalarning ishlab-chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo`yicha takliflar kiritdi. Viloyat DPMlari bosh shifokorlarini institut bitiruvchi kurs kafedralariga tashrif buyurishlari va o`quv jarayoni bilan tanishib borishlarini ta`kidlab o`tdi. Ochiq muloqotda Andijon VSSB bosh mutaxassislari, shifoxonalar bosh shifokorlari ADTI ni bitirib amaliyotda faoliyat olib borayotgan yosh kadrlarda etishmayotgan bilim va ko`nikmalari to`g`risida o`z fikr mulohazalarini bildirdilar.

ADTI o`quv ishlari bo`yicha prorektori A.SH.Arziqulov mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan xolda ta`lim sifatini yanada oshirish maqsadida o`quv jarayoniga, o`quv reja, fan dasturlariga tegishli o`zgartirishlar kiritilishini aytib o`tdi.

339