alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT INSTITUTIDA XALQARO KONFERENSIYA OLDI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

13:00 15.03.2023

Bugun, 15-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Konsilium.  Qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda komorbid holatlar va insulinoterapiya aspektlari: nazariyadan amaliy yechimlarga” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaga institutning Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan ma’ruzachi sifatida taklif qilingan Rossiya Federatsiyasi Endokrinologiya tibbiy tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari, Diabetik to‘piq bo‘limi boshlig‘i, Tibbiyot fanlari doktori professor Galstyan Gagik Radikovich  va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash departamenti endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Demidov Nikolay Aleksandrovich bilan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab, mehmonlarni Andijon davlat tibbiyot instituti bilan tanishtirish maqsadida institut haqidagi videorolik taqdim etildi va hozirga qadar amalga oshirilgan xalqaro hamkorliklar haqida aytib o‘tildi.

O‘z navbatida mehmonlar ham mavzu doirasidagi kasalliklarning dunyo miqyosida tarqalish tezligi, uni oldini olishni zamonaviy usullari bilan talabalar va hamkasblarni xabardor etish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlarini bildirdilar. Tashrif doirasida tomonlarning hamkorlik memorandumi imzolandi, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Rossiya Federatsiyasida malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, grant loyihalarini amalga oshirishlari bo‘yicha rejalar tuzildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!