ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTGA YANGI ISHCHI XODIMLAR QABUL QILINDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 23- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  yangi ishga qabul qilingan xodimlarga mehnat daftarchalari topshirish tadbiri  bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni  institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor A.Arziqulov  ochib,  yangi ishga qabul qilingan barcha xodimlarni tabrikladi. Mazkur tadbir Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 5 –sida  xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra ishga qabul qilinganlarga omadlar tiladi.

Shundan so‘ng. ishga qabul qilingan laborantlar  M.Turg‘unova, M. Isroilova, M.Qodirova, N.Xolberdieva, Yo.Karimovalarga  mehnat daftarchalari tantanali topshirildi.

Tadbirda davolash fakulteti dekani B.Mamatov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i D. Nazarova, dekan  o‘rinbosardari U.Karimov va  K.Baydullaevlar ishtirok etdilar.

 

679