Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi Koordinatsion kengashning onlayn yig‘ilishi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Bugun – 2020 yili 29 iyul kuni birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon davlat tibbiyot instituti xuzuridagi PhD. 04/30.12.2019. Tib 95.01 (140043 Profilaktik tibbiyot) Koordinatsion kengashning yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mavzularni tasdiqlash maqsadida o‘tkazilgan Koordinatsion kengashi yig‘ilishini kengash raisi, professor M.M.Madazimov olib bordi.

Kengashda 9 nafar ilmiy izlanuvchining ilmiy mavzulari ko‘rib chiqildi. 25 nafar kengash a’zolari tomonidan ilmiy mavzularning dolzarbligi, tadqiqot vazifalarining aniqligi, ilmiy jihatdan yangiligi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Andijon, Namangan va Buxoro viloyatlaridan bo‘lgan ilmiy izlanuvchilarga ishni davom ettirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

D.Mamarasulova,

Koordinatsion kengash kotibi

190