alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi

17:28 19.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi institut rektoi, professor M.M.Madazimov raisligida o‘tdi.

Kengash a’zolari dastlab ta’lim-tarbiya, ilmiy yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, talabalarning samarali mehnatlarini alohida e’tirof etdilar va ularga yanada ulkan yutuqlar tiladilar.

Jumladan, gospital va  shoshilinch pediatriya  kafedrasi dotsent, tibbiyot fanlari falsafa doktori Xurmatxon Qamchiyevna Xankeldievaning “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovida g‘olib bo‘lganligi uchun,


joriy yil 14-15-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy – amaliy markazi hamda Yoshlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazilgan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafonini final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi uchun talabalar Islombek Bektashev,  Asilbek Dishodov va ularning ilmiy rahbarlari gospital terapiya va endokrinologiya kafedra mudiri, dotsent Sh.Yusupova, shu kafedra assistenti G.Xolmatova, fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti D.Abdukodirov, 2-UAShT kafedrasi assistenti Sh.Bustanovlar moddiy rag‘batlantirilishi Kengash qaroriga kiritildi.

Shundan so‘ng kengashning kun tartibidagi birinchi masala – “Kafedralarda olib borilayotgan ish jarayoni va simulyatsion markaz ish faoliyati hakida” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.R.Abdulajonov ma’lumot berdi.


Ikkinchi masala – “2020 yilda institut ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2021 yil uchun belgilangan ilmiy ishlar rejasini tasdiqlash” to‘g‘risida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.M.Xodjimatov ma’ruza qildi.

Kengash davomida davolash ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov “ADTI klinik kafedralarning 2020 yilda olib borgan  davolash va otalik  ishlari to‘g‘risida xisoboti va 2021 yil rejasi” to‘g‘risida hisobot berdi.

Shuningdek, ma’naviya va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b A.Abduxalimovning institutda dekabr oyi davomida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va talabalarni qishki ta’tilga kuzatish ishlari haqida,  OXI bo‘limi boshlig‘i F.Nosirovaning “Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida tashkil etilayotgan  o‘quv jarayoni haqida”gi hisobotlari tinglandi.

Xisobotlar yuzasidan Kengash a’zolari o‘z fikr-mulohazalri, takliflarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!