alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI JAMOASI TIBBIY KARVONDA FAOL

22:43 16.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Andijonga tashrifi chog‘ida tibbiyot va tibbiy taʼlimni rivojlantirish haqida to‘xtalib, bir qancha tashabbuslarni ilgari surgan edi. Davlat rahbari tavsiyasi asosida Andijon viloyatida “Sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy taʼlimni transformatsiya qilish” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov boshchiligida respublika tibbiyot markazlarining yetuk mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot institutining professor-olimlari hamda viloyat tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislaridan iborat 16 ta guruhdan iborat tibbiy karvon viloyatning barcha hududlariga yo‘l oldi.

Shahar va tumanlarning markaziy tibbiyot birlashmalarida ahloi vakillarini tekshiruvlardan o‘tkazdilar. Shuningdek, tibbiy ko‘riklarga chiqa olmagan keksa yoshdagi, nogironligi bo‘lgan hamda kam taʼminlangan fuqarolarning uylariga borib, tibbiy ahvolidan xabar olib, ularga kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!